O'rmon xo'jaligi ilmiy-tadqiqot instituting asosiy ilmiy va amaliy natijalari:

      Tez oʼsuvchi Pavlovniya daraxtining “Tomentoza” “Shanktong” navlari koʼchatlarini “in-vitro” laboratoriyasida intensiv yetishtirish texnologiyasi 10 ta oʼrmon xoʼjaliklariga joriy etildi. Qurigan Orol dengizi tubida ixota oʼrmonlarini barpo etish uchun “Choʼl oʼsimliklari nihol va koʼchatlarini avtomatik ekuvchi” oʼrmon mashinasi yaratildi va 25 nusxadagi mashinasi ishlab chiqarishga joriy etildi. Orol dengizining qurigan tubida yashil qoplamalar barpo etish 743 ming gektarda uchun koʼchatxonlarda choʼl oʼsimliklarini intensiv yetishtirish texnologiyasi Muynoq va Taxtakoʼpir oʼrmon xoʼjaliklariga joriy etildi.Konteyner idishlarda xandon pista koʼchatlarini yetishtirish hamda pista plantatsiyalarini barpo etishda tomchilatib sugʼorish texnologiyalari Navoiy viloyati Nurota tumanining togʼoldi yer maydonlariga joriy etildi.


   Dorivor oʼsimliklar, xususan shafran, kovrak, sistanxe, gulxayri, Damashx atirguli, godji, exinatsiya va x.k. oʼsimliklarni yetishtirish texnologiyalari joriy etilib, 18 ta xoʼjalikda onalaik plantatsiyalari yaratildi.Xandon pistaning 13 ta navi yaratilib, Navoiy viloyatining Nurota davlat oʼrmon xoʼjaligida 900 ga, Аndijon davlat oʼrmon xoʼjaligida 2000 ga, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 1000 ga maydonda pista plantatsiyalari barpo etishda joriy etildi. Grek yongʼogʼining 10 ta yangi shakllari tanlab olindi.

Me'yoriy hujjatlar: